#96_qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda maktabgacha ta’lim sohasini tartibga soluvchi amaldagi hujjatlar talablari asosida muassasa faoliyati o'rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasada bolalarga yaratilgan moddiy-texnik baza, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog xodimlarning faoliyati, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari atroflicha tahlil qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)