#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nurmanova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasada bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar holati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi, pedagog xodimlar faoliyati va bolalarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi masalalari ham ko‘zdan kechirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)