#Yoshlar_maslahat_guruhi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilov tomonidan Go'zal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv 6-Farovon saylov okrugi saylovchilari uchun tashkil etilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va deputat tomonidan nazoratga olindi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylov okrugida deputatlik faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha saylovchilarga axborot berildi.
Shuningdek, tushgan murojaatlar asosan elektr ta’minoti, gaz bilan ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish masalalariga oid bo‘lib, ular yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so'rovi kiritilishi va ijrosi deputat tomonidan nazoratga olinishi qayd etildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)