11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova Toshrabot MFYda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko’rsatish ishlarini doimiy e’tiborga oldi. Shu maqsadda mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi atroflicha o’rganilib, uning faoliyatiga tegishli baho berildi.
O’rganishlar davomida kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar,
nogironligi bo’lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan
olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, ularga ko’rsatilayotgan
moddiy va ma’naviy yordamlar, ijtimoiy xizmatlarning o’z vaqtida va manzilli
yetkazilishi holati ko’zdan kechirildi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan har bir xonadon kesimida
muammolarni aniqlash, ularga yechim topish, aholi bilan muntazam muloqot
o’rnatish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi va kelgusida ish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha vazifalar
belgilab berildi.
Ta’kidlanganidek, aholiga ko’rsatilayotgan ijtimoiy yordamning
shaffof, adolatli va manzilli bo’lishi fuqarolar farovonligini ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlar Toshrabot MFYda izchil davom ettiriladi.