Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich hamda 2-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputat Maxkamov Sobir Tuxtamishovich tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilov tomonidan Go'zal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilov tomonidan Go'zal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan “To‘polos” mahallasida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nurmanova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevichning kunlik ish rejasiga muvofiq Payariq gaz ta’minoti bo'limida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 27-APRELDAN 1-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#24_ta_masala
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 22-Zartepa saylov okrugi deputati Yarmatov Muxiddin Nurxonovich tomonidan o‘z hududida joylashgan Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Zang” oilaviy shifokorlik punktida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Mazkur nazorat tahlil davomida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid ham ishtirok etdi. Nazorat tadbiri jarayonida muassasada olib borilayotgan ro‘yxatga olish ishlari, fuqarolarni qabul qilish tizimi hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, elektron navbat monitori orqali kelgan fuqarolarning navbatini tartibga solish, ularni tegishli mutaxassis va xonalarga yo‘naltirish tizimi amalda qanday yo‘lga qo‘yilgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, punktda faoliyat yuritayotgan 7 nafar patronaj hamshiralar tomonidan DMT bazasi orqali olib borilayotgan ishlar, aholi salomatligini nazorat qilish va ro‘yxat yuritish tizimi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Deputat tomonidan fuqarolarga tarqatilayotgan bepul dori-darmonlar holati ham o‘rganilib, ularning saqlanishi va yetkazib berilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar davomida muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Mazkur nazorat-tahlil tadbiri yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1