Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan Bobur mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan jami 4 ta sessiya o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 35 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Payariq shahri Cho‘lpon ko‘chasida elektr ta’minotida yuzaga kelgan muammo joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyaning tarkibi yangidan tasdiqlandi. (https://kengash.gov.uz/doc/263052)
2026-yilning I choragi davomida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan jami 4 ta sessiya o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 35 ta masala ko‘rib chiqildi.

#Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil I choragi faoliyatiga doir ma’lumotlar

📖2026-yilning I choragi davomida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan jami 4 ta sessiya o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 35 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, 

1️⃣Mas'ullarning 14 marotaba hisobotlari eshitildi.

2️⃣Mas'ullarning axborotlari 4 marotaba tinglandi.

3️⃣boshqa masalalar 7 ta muhokama qilindi. 

4️⃣nazorat-tahlil tadbirlari 2 marotaba.

5️⃣vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash 5 marotaba.

6️⃣hokim qarorlarini tasdiqlash 3 marotabani tashkil etdi.

✔️Ko‘rib chiqilgan masalalar yakuni bo‘yicha jami 35 ta qaror qabul qilindi.

📈Shuningdek, hisobot davrida Senat yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokamasi yuzasidan 6 ta qonun muhokama qilinib, ular bo‘yicha jami 6 ta muhokama o‘tkazildi hamda qonun loyihalari yuzasidan 4 ta takliflar bildirildi.

📊Bundan tashqari, yangi qabul qilingan qonunlarning targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilib, jami 20 ta qonun bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1