#Sessiya_qarori
✍️Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
🔼Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-24-39-7-100-K/26-sonli qarori bilan tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
📈Mazkur qaror bilan tegishli masullarga quyidagi vazifalar yuklatildi.
-tumanda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
- oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
- xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, hududlarda xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
- xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida tizimli ishlar tashkil qilish;
- tumandagi xotin-qizlar murojaatlarini o‘rganish va muammolar yechimi bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida hal etish choralarini ko‘rish;
- mahallalarda obro‘-e’tiborli, bilimli xotin-qizlardan tashkil topgan “Oqila ayollar” harakatidan foydalanish hamda ular ishtirokida seminarlar ko‘lamini kengaytirish vazifalari yuklatildi
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)