#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
⚡️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Payariq shahri Cho‘lpon ko‘chasida elektr ta’minotida yuzaga kelgan muammo joyiga chiqib o‘rganildi.
⚡️O‘rganish jarayonida hudud aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar inobatga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
➡️Mazkur holat bo‘yicha tuman elektr ta’minoti bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)