⚫️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining parvarishi, xususan, sug‘orish holatini o‘rganish hamda bu borada targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Axrorjon Ibadullayev, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova, deputat Salohiddin Kuldashov hamda bosh mutaxassis Shohzamon Suvankulovlar “Markaz” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
⚫️ O‘rganishlar davomida mahalla hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan turli xil daraxt va buta ko‘chatlarining sug‘orish tizimi hamda umumiy holati ko‘zdan kechirildi.
🌱 “Natijada ko‘chatlarning barchasi yaxshi ildiz otgani, yangi novdalar chiqarayotgani hamda ularni sug‘orish ishlari muntazam yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.”