Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan Bobur mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan jami 4 ta sessiya o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 35 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Payariq shahri Cho‘lpon ko‘chasida elektr ta’minotida yuzaga kelgan muammo joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyaning tarkibi yangidan tasdiqlandi. (https://kengash.gov.uz/doc/263052)
Hududlardagi muammolar deputat tomonidan o‘rganildi

 O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan turli muammolar yuzasidan og‘zaki va yozma murojaatlar bildirildi.

 Jumladan:

 “Rasadxona” MFY hududidagi ichki ko‘chalarning qariyb 2 km qismi yaroqsiz holga kelgani sababli ularni ta’mirlash va asfaltlashtirish zarurligi qayd etildi

 “Xo‘ja Doniyor” MFY hududida 1 km ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi

 Mahalla hududidagi ariqlarni tozalash uchun maxsus texnika ajratish zarurligi ta’kidlandi

 Deputat tomonidan mazkur murojaatlar joyida o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritilishi va amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi va deputatlik so‘rov chiqarildi.

Hududlarga chiqib, muammolarni joyida o‘rganish va ularni hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.