Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: «ЁЛҒИЗБОҒ» МАҲАЛЛАСИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАСИ
янв.21
ЎзЛиДеП ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ: БАНДЛИК ВА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Маҳалладаги «Еттилик» тизими фаолияти ўрганилди
янв.21
Оилавий поликлиникадаги шароитлар депутат назоратида
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
"ОҒИР" МАҲАЛЛАЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАСТУРИ ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
Таълим инфратузилмаси депутатлар назоратида
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🏫 Jumladan, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov tomonidan 2-son Politexnikumda yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish holati o‘rganildi.

👥 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida yoshlarni sport, fan, kasb-hunar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi to‘garaklarga keng jalb etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

💬 Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, yozgi ta’til davrida ularning bandligini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✅ Bu kabi o‘rganishlar “Dolzarb 90 kun” dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5