Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши депутати ўз сайлов округидаги сайловчилар билан учрашуви ташкил этилди.
янв.21
ПАХТАОБОДНИНГ ЧЕККА ҲУДУДИДА ТИББИЙ КЎРИК ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senataning qarorlari haqida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining 3-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doimmiy komissiyalar tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib, muxokama qilindi.
янв.21
Хalq deputatlari Paxaobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ПAХТАОБОД ТУМАН КЕНГАШИНИНГ 57-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ПAХТАОБОД ТУМАН КЕНГАШИНИНГ 54-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод туман Кенгашининг доимий комиссия йиғилиши
янв.21
Paxtaobod tumanida mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar
Xalq deputatlari tuman kengashining 107-sessiyasi o‘tkazildi.

   

Xalq deputatlari
tuman kengashining 107-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hududlarni jadal
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 2-sektorda amalga
oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
 

Qayd etilishicha,
birgina “Obod xonadon” yo‘nalishidagi chora-tadbir ijrosi yuzasidan ehtiyojmand
toifadagi 5 oilaning turar-joyi ta’mirlab berilgan. Shuningdek, 752 ta
xonadonga bahorgi ekinlar ekilib, 33 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, 16 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan, 40 nafari jamoat ishlariga
jalb etilib, 851 nafarining o‘zini-o‘zi band qilishiga, 43 nafarining
tadbirkorlik boshlashiga yordam ko‘rsatilgan.
 

Sektor hududidagi
1,2 kilometr tuproq yo‘llar shag‘allashtirilgani, 2 ta qabriston
obodonlashtirilib, 1,8 kilometr ariq-zovurlar tozalangani qayd etildi.
Shuningdek, 3 ta transformator o‘rnatilib, 82 ta temir-beton ustun
o‘rnatilgani, 1,7 kilometr kabel tortilgani, 125 kilometr tarmoq mukammal
ta’mirlangani aytildi.
 

Sessiyada xalq
qabulxonasiga
kelib tushgan murojaatlar
ijrosi tahlil qilindi. Bildirilishicha, birinchi yarim yillikda aholidan 3021
ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2764 tasi ko‘rib chiqilgan, 41,1 foizi
ijobiy hal etilgan. Qolgan 1008 tasiga huquqiy tavsiya va maslahat berilgan.
Bundan tashqari, 19 tasi rad etilgan, 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 37 tasi
tugatilgan, 377 tasi takroriy va 257 tasi o‘rganishdagi murojaatlar
hisoblanadi.
 

Viloyat kengashiga
saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni
tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ham atroflicha muhokama etildi. Tuman
kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib-qoidalari tasdiqlandi.
  

Slide 1 of 7