Bo‘stonliq tumani 2-son kasb-hunar maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan 268 nafar o‘quvchilarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha diplom topshirildi.
Tantanali marosimda ishtirok etgan tuman hokimligi mutasaddilari, tuman prokurori katta yordamchisi A.Begmetov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Axmedov, S.Rahimov MFY faollari va ota-onalar bitiruvchilarga kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatlariga omad va zafarlar tiladilar.
Tadbir davomida kasb-hunar maktabida o‘qish davomida o‘zining namunali xulqi va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelgan hamda imtiyozli diplom bilan bitirgan o‘quvchilarga mutasaddilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.