O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda
aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. 25-Ma’rifat saylov okrugidan saylangan deputat A.Mustafakulovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. A.Mustafakulov o‘zining deputatlik faoliyati to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning "Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qarori hamda xotin~qizlarlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-aprel kunidagi 10-sonli bayonnomasi mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tdi. Uchrashuv davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va muammolar yuzasidan murojaat qildi. A.Mustafakulov
ularning muamollarini eshitib bergan
savollarga aniq javoblar berildi