Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: «ЁЛҒИЗБОҒ» МАҲАЛЛАСИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАСИ
янв.21
ЎзЛиДеП ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ: БАНДЛИК ВА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Маҳалладаги «Еттилик» тизими фаолияти ўрганилди
янв.21
Оилавий поликлиникадаги шароитлар депутат назоратида
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
"ОҒИР" МАҲАЛЛАЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАСТУРИ ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
Таълим инфратузилмаси депутатлар назоратида
#o'rganish

Olmaliq shahrida aholi osoyishtaligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Baxodir Miralimov, Sevar Qodirova hamda Faxriddin Matasimovlar tomonidan hududlarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📍 O‘rganish markazida — “Qizil” hududlar

Deputatlar shahardagi vaziyat nisbatan murakkab bo‘lgan, ya’ni “qizil” hudud toifasiga kiritilgan Saxovat mahallasida bo‘lib, mavjud holatni atroflicha o‘rganishdi. Asosiy maqsad — jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish.

🛡 Kiberjinoyatdan ogoh bo‘ling!

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida bugungi kunda dolzarb muammoga aylangan kiberjinoyatchilik (internet firibgarligi) masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumot uchun:Hozirda ushbu yo‘nalishda OAV orqali keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda, mahallalarda esa profilaktika inspektorlari tomonidan tushuntirish ishlari kuchaytirilgan.

✍️ Muhim tavsiyalar:

O‘rganishlar davomida aholiga quyidagilar qayta eslatildi:

🔹Shubhali havolalarga (linklarga) kirmaslik;

🔹Plastik karta ma’lumotlarini begonalarga bermaslik;

🔹Har qanday shubhali holatda darhol mahalla inspektoriga murojaat qilish.

Xavfsizlik — faqat huquq tartibot organlarining emas, balki barchamizning mas’uliyatimizdir!

Slide 1 of 4