Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashi sessiyasi kun tartibidagi
birinchi masala Shahrisabz shahrini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga
aylantirish, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy
etish hamda “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash bo‘yicha sektor rahbarlari
tomonidan 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Shahrisabz
shahar hokimi 1-sektor rahbari Sherzod Axadovich Bo‘riyev, Shahrisabz shahar
prokurori, 2-sektor rahbari Xurramov Ravshan Xushvaqtovich, Shahrisabz shahar
IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Mirzayev Boborahim Egamberdiyevich, Shahrisabz
shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Eshboltayev Xumoyun
Abdurajabovichlar chiqib hisobot berishdi.
Birinchi masala yuzasidan xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashi 24
- Yashildiyor saylov okrugi deputati Tuychiyev Uchqun Abdujalilovich muzokara
uchun so‘zga chiqib, ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirishda
sektorlar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish,
korrupsiyani oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish
hamda ushbu yo‘nalishda shahardagi barcha korxona va tashkilotlar, mahallalar,
ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishga alohida e’tibor
qaratishlari lozimligi, mahalla raislari ko‘pni ko‘rgan nuroniylar bilan
birgalikda o‘z mahallasini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga
aylantirishda jamoatchilikning rolini yanada oshirish zarurligi, “Obod
xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda barcha
darajadagi deputatlar shaxsiy tashabbus va ibrat namunasini ko‘rsatish
lozimligi to‘g‘risida takliflar bildirdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala “Shaharda kommunal xizmat ko‘rsatish
sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” yuzasidan Shahrisabz shahar hokimining
qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Karimov Elmurod Shavkatjonovich, Shahrisabz
shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Abdusalimov Umarbek,
“Shahrisabzshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Pardayev Orif Ochilovich,
Shahrisabz shahar suvta’minot korxonasi rahbari Adxam Yusupov, Shahrisabz
shahar yo‘l-qurilish korxonasi rahbari Xusniddin Ixtiyorovlar hisobot berdilar
Ikkinchi masala yuzasidan xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining
17- Tutzor saylov okrugi deputati Radjapov Fazliddin Shamsiyevich muzokaraga
chiqib sohada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Shahrisabz
shahri kundan-kunga go‘zallashib borayotganligini, shu bilan bir qatorda
sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishda “Mahalla yettiligi” va deputatlar
orasida hamkorlikni kuchaytirish hamda tizimli ishlarni amalga oshirish
lozimligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala “Shaharda mahalla yettiligi tomonidan o‘z
xizmat vazifalarini bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bo‘yicha Shahrisabz
shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
Almirzayeva Muxayyo Jumayevna, Shahrisabz shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Mirzayev Boborahim Egamberdiyevich,
Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasi rahbari Eshboltayev Xumoyun
Abdurajabovich, Shahrisabz shahar Kambag‘allikni qiqartirish va bandlikka
ko‘maklash bo‘limi boshlig‘i Qayumov Rustam, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi
Shahrisabz shahar bo‘limi boshlig‘i Ro‘ziyev Boxodir, “Inson” ijtimoiy
xizmatlari Shahrisabz shahar bo‘limi boshlig‘i Nodir Daminovlar hisobot
berdilar.
Uchinchi masala yuzasidan xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining
12-Qushxona saylov okrugi deputati Ishaliyeva Roxila Quziyevna muzokaraga uchun
so‘zga chiqib, “Mahalla yettiligi” va xalq deputatlari hamkorligini yanada
rivojlantirish joylarda O‘zbekiston Respublakasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan
yangi farmon va qarorlarining targ‘ibotini tashkil etish lozimligi, shuningdek
aholi murojaatlari bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l quymasligi to‘g‘risida
fikr-mulohazalar bildirdi.