#kuz_qish_mavsumi
#deputat_nazorati
Ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori Sh. Salimov hamda tuman IIB boshlig‘i Y.Akaboyev, Mingchinor va Nurli Pangat mahallalari hududidagi ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish davomida obyektlarning mavsumga tayyorgarlik holati, isitish tizimlari hamda zarur sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.