Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

24 ta savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva belgilangan reja asosida 24 ta savolnoma asosida “Sarbon” mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning yashash sharoitlari, mavjud muammolari, ijtimoiy-maishiy masalalari hamda mahalla infratuzilmasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan ma’lumotlar to‘plandi. Shuningdek, aholi fikr-mulohazalari, takliflari va murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Savolnomalar orqali aniqlangan masalalarni tahlil qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

Maqsad — aholi muammolarini tizimli o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish va mahallada yashash sharoitlarini yanada yaxshilash.

Slide 1 of 3