Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YUNUSOBOD TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 20-oktabrdagi III-26-84-14-206-K/26-son qarori bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasining 2026-yil 9 oylik faoliyati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha hisoboti ko‘rib chiqildi.

⚡Qaror asosida:

elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash;
avariyaviy holatlarning oldini olish;
elektr tarmoqlari va transformatorlarni ta’mirlash hamda yangilash;
2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish;
aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;
elektr ta’minotidagi uzilishlarni kamaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.