Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi bandligini ta’minlashga amaliy ko‘mak

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M. Xasamiddinov Oqbuloq mahallasida aholi xonadonlarini uyma-uy yurib, fuqarolarning bandlik masalalarini o‘rganmoqda.

Xonadonma-xonadon o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davomida ishsiz fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning ishga bo‘lgan ehtiyoji, kasb va qiziqishlari aniqlanmoqda. Fuqarolarga munosib ish topish va bandligini ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning sharoiti va muammolari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1