Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

OQBULOQ MAHALLASIDA FUQARONING BANDLIGI MASALASI O‘RGANILDI

#Deputat_nazorati
#24_talik_tavsiya
#162_ta_qonun_ijrosi

❗️OQBULOQ MAHALLASIDA FUQARONING BANDLIGI MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov tomonidan Oqbuloq MFYda yashovchi fuqaro Rahmanov Asilbek Hasan o‘g‘lining bandligini ta’minlash va ishga joylashtirish masalasi o‘rganildi.

Fuqaro bilan suhbat davomida uning ishga bo‘lgan ehtiyoji va mavjud imkoniyatlari o‘rganilib, “Paxtakor TEKS” MChJga ishga joylashish istagi bildirildi.

Murojaatni amaliy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar va korxona mas’ullari bilan hamkorlikda fuqaroning ishga joylashishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Aholining bandligini ta’minlash, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda murojaatlarni amaliy hal etish masalalari deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 1