Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova o‘zi saylangan Yangihayot MFY hududida fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

Muloqot davomida fuqarolardan biri tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat mas’ul tashkilot vakillariga yetkazilib, muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida ishchi guruh yuborilishi ta’kidlandi.

Murojaatning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.