#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
☀️ Amaliy yordam — xonadon farovonligi uchun
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida “Boyqishloq” mahallasidagi Kambag‘allik reyestrida turgan fuqaro T.Tog‘ayeva xonadoniga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi.
🔋 O‘rganish davomida fuqaro T. Tog‘ayeva xonadoniga quyosh paneli o‘rnatib berilgani va undan oila a’zolari samarali foydalanib kelayotgani aniqlandi.
🔹 Suhbat davomida quyosh panelidan foydalanish orqali xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
📌 Mazkur ko‘mak xonadonning kundalik ehtiyojlarini yengillashtirish, energiya ta’minotidan samarali foydalanish hamda oilaning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube