Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

NIZOLI OILALAR BILAN YARASHUV ISHLARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tumani hokimi X. Abduvoxidov, tuman prokurori Z.Ne’matov, tuman IIB boshlig‘i Y.Akaboyev, tuman imom-xatibi A.Alimov, tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi B.Normuhammadov hamda yarashtiruv komissiyasi a’zolari ishtirokida nizoli oilalar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

📌 Yig‘ilishda oilaviy kelishmovchiliklarning sabab va omillari tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, oilalarda o‘zaro hurmat va totuvlikni tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yarashuv jarayonida tomonlarning huquq va manfaatlarini inobatga olish, nizolarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 5