#Deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#ish_reja_ijrosi
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY YECHIM TOPDI
Do‘stlik mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaat deputatlik nazorati asosida o‘rganilib, ijobiy yechim topdi.
Murojaatda mahalladagi ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va ularni asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan edi.
O‘rganishlar natijasida tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilib, Do‘stlik mahallasidagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi.
Natijada fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.