Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MINGCHINOR MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR ATROFI OBODONLASHTIRILDI

Paxtakor tumani Mingchinor mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

🏗 Uy-joy qurilishi vazirligining 48-son qarori asosida ajratilgan 2 milliard so‘m mablag‘ hisobidan hududda bolalar o‘yingohlari, oqova suv tizimi va piyodalar yo‘laklari barpo etildi.

🌿 Mazkur ishlar aholi uchun qulay va obod yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari nazorati ostida amalga oshirilgan mazkur ishlar yakunlanib, aholi foydalanishiga topshirildi.

Slide 1 of 8