Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla faoliyati va aholi tomorqalarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, viloyat hokimi Ulug'bek Mustafoyev tashabbusi bilan Paxtakor tumanida ijodiy yarmarka tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Murojaatlar — e’tiborda, muammolar — yechimda
янв.21
DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
янв.21
Maktablardagi sharoitlar deputat nazoratida
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYA MAJLISIDAN OLDIN O‘RGANISH O‘TKAZILDI.

 CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYA MAJLISIDAN OLDIN O‘RGANISH O‘TKAZILDI. 

Bugun Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va
xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Surayyo Axmedova, komissiya
a’zolari Mirsoat Mirsodiqov, Sherzod Botirovlar hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi
boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Odil Voxidov ishtirokida
Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarni oldini
olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat
xavfsizligi to‘g‘risida 2024-yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
to‘g‘risidagi hisobotidan kelib chiqib, jinoyatchilik sodir etilishi bo‘yicha qizil
hududga tushgan “Rasulobod” va “Nafis” mahallalarida o‘rganish olib borildi. 

Doimiy komissiya
majlisida muhokama qilinishidan oldin o‘tkazilgan ushbu o‘rganishda yuqoridagi mahalla
fuqarolar yig‘inlarining profilaktika nozirlariga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning
ish faoliyati samaradorligini oshirishdagi ba’zi muammolar, jinoyatchilikning oshib
ketishi sabablari o‘rganildi. 

Suhbat yakunida profilaktika nozirlariga faoliyati davomida yuqori natijalarga erishishlari, ish
samaradorligini oshirishlari uchun tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi
kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Surayyo Axmedova 

Slide 1 of 4