Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati, tumani hokimi X. Abduvoxidov Bogʻishamol mahallasi hududida joylashgan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda muassasada olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida binoning isitish tizimi, guruh xonalarining holati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda oziq-ovqat ta’minoti ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullarga muassasada kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda bolalar uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.