Maktablardagi sharoitlar deputat nazoratida
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X. Abduvoxidov "Paxtakor" mahallasi hududida joylashgan 19-sonli “Jasorat” maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda muassasada olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktabning isitish tizimi, sinfxonalarning holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullarga ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomatini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.