Murojaatlar — e’tiborda, muammolar — yechimda
Paxtakor tumanida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot yana bir bor amalda namoyon bo‘ldi.
Xalq deputatlari PAxtakor tuman Kengashi deputati,tuman hokimi X.Abduvoxidov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, huquqiy hamda kundalik hayotga oid muammolar atroflicha o‘rganildi, ularning yechimi yuzasidan joyida izoh va tavsiyalar berildi.
Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, qonunchilik doirasida tezkor va samarali hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.
Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolariga yechim topish — doimiy e’tibor markazida.
Aholi roziligi — faoliyatimizning eng muhim mezoni!