#bayramona_tabrik #8_mart
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
Unda Kengash raisi R. Ziyayev barcha ayol deputatlarni ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan samimiy muborakbod etib, ularning jamiyat hayotidagi faolligi, hududni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etish yo‘lidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida ayol deputatlarga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Bayramona uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 🌷✨