8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
Payariq tumanidagi Dostonbek bazimgohida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Tadbirda tumandagi faollar, jamoatchilik vakillari hamda deputatlar ham ishtirok etib, xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etishdi.
Bayram tadbiri davomida madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilayotgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat ulashib, barchaga bayramona ruh bag‘ishladi.
Ayniqsa, ayollar sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarining qalbidan chuqur joy olib, ularga samimiy quvonch va iliq munosabati bilan yuqori kayfiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)