Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati D.Ismoilov Besarang mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
Ushrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif
va vazifalar belgilab olindi.