Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova tomonidan o‘zi saylangan Ma’rifat va Jingavuz mahallalarida hudud muammolarini tizimli hal etish maqsadida “mahalla yettiligi” hamda saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlarda hududni rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Senat Kengashining KQ-35–V-sonli qarori ijrosi doirasida mahalla yettiligi bilan hamkorlik o‘rnatilib, yettilik vakillarining faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, hududda aniqlangan muammolar yuzasidan
deputatlik so‘rovlari chiqarildi.
🔹 Asosiy maqsad — mahallalarda xizmatlar samaradorligini oshirish, aholining muammolarini joyida hal etish hamda “mahallabay” ishlash tizimini yanada kuchaytirishdan iborat.
📍 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi
📍 Deputat N.Sharipova faoliyatidan