Yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi ijroda: "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi ijroda: "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining tasdiqlangan haftalik ish rejasi ijrosini ta'minlash hamda hududda qabul qilinayotgan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari ijrosining real ahvolini o‘rganish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Shu munosabat bilan, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan Uzun tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
Tuman Kengashi Kengashining haftalik ish rejasiga asosan amalga oshirilgan ushbu o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ijobiy tajribalar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar tayyorlanib, xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirildi.