35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

📍 "Narpay tajribasi" asosida mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 13-"Mirzo Ulug‘bek" saylov okrugidan saylangan deputati F. Kenjayev o‘z saylov okrugidagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, "Narpay tajribasi" asosida hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida Navoiy ko‘chasida ko‘cha boshisi S. Xalilov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish hamda foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgan qo‘lbola usulda o‘rnatilgan elektr simyog‘ochlarini zamonaviy tayanch ustunlariga almashtirish masalalari muhokama qilindi.

📝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2