Yangiliklar

🔘Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan: ATB "Mikrokreditbank" tuman filialida qonun va qarorlar ijrosi o'rganildi

🔘Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan: ATB "Mikrokreditbank" tuman filialida qonun va qarorlar ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining tasdiqlangan haftalik ish rejasi ijrosini ta'minlash, joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun, farmon va qarorlari ijrosi qanday bajarilayotganini nazorat qilish maqsadidagi o'rganishlar davom etmoqda.

Navbatdagi manzil sifatida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan ATB "Mikrokreditbank" Uzun tuman filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
Davlat dasturlari ijrosi: Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijro etilish holati.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati: Bank filialida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning shaffofligi.
Muammoli kreditlar va ularning yechimi: Ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish hamda sohada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar.

Tuman Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq o‘tkazilgan ushbu o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.