Yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Uzun tumani hokimi, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat Xabibulla Bozorov "Yangi shahar" mahallasida aholi vakillari va faollari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Ushbu ochiq va samimiy muloqotda tuman Kengashi raisi ham ishtirok etdi.

​Uchrashuv davomida Xabibulla Bozorov tomonidan hududning joriy yilning 3-choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan batafsil axborot berildi.