MAHALLA OBOD – KO‘NGIL SHOD!
✅Xalq deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari doimiy nazoratga olingan. Zero, aholi turmush farovonligini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifasidir.
✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati J.Abdinazarov Kengash kotibiyat xodimi B.Qurbonov hududdagi o‘rganishlari davomida “Ziyolilar” ko‘chasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
✅Nimalar amalga oshirildi?
✅Ushbu ko‘chadan 45-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lning holati tubdan yaxshilanmoqda.
✅Yog‘ingarchilik kunlarida o‘quvchilar va aholiga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun yo‘lga tosh-shag‘al aralashmasi (SHPS) to‘kish ishlari jadal olib borilmoqda.
✅Ishlarning sifati va belgilangan muddatda yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.
Maqsadimiz bitta: Har bir mahalla ko‘chasi ravon, har bir fuqaroning uzog‘i yaqin bo‘lishini ta’minlash!