Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 18-Xumor saylov okrugidan saylangan deputat Samanov Uktam Rustamovich o‘z saylov okrugida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holatini o‘rganish maqsadida joylarda bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalar ko‘zdan kechirildi:
-dori vositalarining saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddatlari;
-bemorlarga bepul berilishi lozim bo‘lgan dori vositalarining mavjudligi;
-dorilar yetkazib berish jarayoni va ularning hisob-kitobi;
-aholining dori ta’minoti bo‘yicha murojaatlari va ularning amalda bajarilishi;
-dorixonalar va poliklinika o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari o‘rganildi.