O‘rganishlar davomida qator muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash holati;
🔹 Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi;
🔹 Sport inshootlari, ta’lim muassasalari sport zallari va ulardagi jihozlarning holati;
🔹 Hokim yordamchilari faoliyati, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar;
🔹 Ijtimoiy xodimlar tomonidan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, nafaqa va moddiy yordamlar;
🔹 Mahalla xotin-qizlar faollari faoliyatining samaradorligi;
🔹 Soliq inspektori tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi;
🔹 Ichki yo‘llar holati, tungi yoritish, yo‘llardagi tirbandliklar va YTHlarning oldini olish choralari;
🔹 Aholini bepul dori-darmon bilan ta’minlash holati;
🔹 Bozorlarda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va ularning yetarliligi.
📊 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni tizimli hal qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
📌 Mazkur ishlar hududlarda aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.