Hamkorlik natija bermoqda
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati xodimlari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti xodimi A. Ibodullayev bilan hamkorlikda Kengashda qabul qilinayotgan qarorlarning me’yoriy-huquqiy asoslari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida qarorlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Mazkur hamkorlik qarorlar sifatini oshirish, ularning qonuniyligini ta’minlash hamda amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanishiga xizmat qilmoqda.