Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligi davomida deputatlarning mahallalardagi faoliyati doirasida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
📌 Xatlov jarayonida:
✅ amalga oshirilayotgan loyiha va obyektlar holati;
✅ bajarilish muddatlari;
✅ moliyalashtirish manbalari;
✅ infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasi;
✅ mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar atroflicha o‘rganildi.