Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 22-Dovkash saylov okrugi deputati Sadikova Barchinoy Musaqulovna tomonidan Turkman mahallasida 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi bosh mutaxassisi E.Turayev, shuningdek, elektr, gaz, ichimlik suvi, yo‘l, “Toza hudud”, obodonchilik, bandlik tashkilot vakillari, hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Deputat o‘z axborotida II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar: Turkman mahallasining ichki ko‘chalari asfaltlashtirish ishlari bajarildi. A.Navoiy mahallasidagi elektr ta’minoti va ko 'cha chiroqlari muammosi bartaraf etildi.
Uchrashuvda tushgan murojaatlarga mas’ul tashkilot vakillari bilan chora-tadbirlar belgilandi.