35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati: ochiqlik va axborot yoritilishi
янв.21
📊Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati: ochiqlik va shaffoflik yo‘lidagi amaliy ishlar
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati: murojaatlar bilan ishlash natijalari
янв.21
📊Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati: sessiyalar va qabul qilingan qarorlar tahlili
янв.21
📚 Inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarori deputatlar nazoratida
янв.21
🤝 Fuqaro murojaati deputat e’tiborida
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📝 DEPUTAT DAFTARI
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xayrillo Turdiyev tomonidan saylovchilar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotga yuborildi.

O‘rganishlar davomida Gulobod mahallasining Oqsaroy ko‘chasida elektr uzatish tarmog‘idagi katta kuchlanish sabab ayrim yog‘och elektr ustunlari yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.

Mazkur holat elektr ta’minotining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, aholi xavfsizligi nuqtai nazaridan ham dolzarb masala hisoblanadi.

Shu munosabat bilan deputat Xayrillo Turdiyev tomonidan mas’ul elektr ta’minoti tashkilotiga yaroqsiz yog‘och ustunlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni zamonaviy va xavfsiz tayanchlarga almashtirish hamda elektr tarmog‘ini texnik jihatdan ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur murojaat ijrosi deputat nazoratiga olinib, amalga oshiriladigan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan saylovchilarga qo‘shimcha axborot berib boriladi.