Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi 13-A.Temur saylov okrugi deputati F.Islomova tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarni sport, madaniyat, kitobxonlik, kasb-hunar va axborot texnologiyalari yo‘nalishlaridagi to‘garaklarga keng jalb etish, ularning qiziqishlari va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi hamda yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.