Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘. Shukurov tomonidan hududdagi savdo markazida oziq-ovqat va kundalik iste’mol mahsulotlari narx-navolari o‘rganildi.
Monitoring davomida asosiy turdagi mahsulotlarning narxlari, sifati va aholiga yetarlilik darajasi yuzasidan tahlillar olib borildi.
Shuningdek, savdo shoxobchalari vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulotlar narxining barqarorligini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sun’iy narx oshishlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday monitoringlar aholining manfaatlarini himoya qilish, iste’mol bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va narx-navolar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.