Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Aliyev tomonidan Beklar mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini qiynab kelayotgan muammolar, ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar belgilandi.
Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda.