Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar o‘rganildi
янв.21
Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta’minlash – doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari ishtirokida sessiyalarni o'tkazish va sessiya ma'lumotlarini yig'ish bo'yicha suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat O‘. Shukurov savdo markazidagi narx-navolarni o‘rgandi
янв.21
Senat tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etildi.
янв.21
Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
MIRZATO‘P MFYDA ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Oshiq ota ziyoratgohida hashar tashkil etildi
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining deputati B.Ibodullayev tomonidan tumandagi Olg‘a mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

⚡️Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaatlari, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi sifati, obodonlashtirish ishlari, bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

🔘Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevralda qabul qilingan “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–1023-son Qonuni mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish va uning ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari ham olib borildi.

⚡️Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy maqsadi mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlarida belgilangan talablarning bajarilishini ta’minlashdan iborat ekani tushuntirildi.

✍️Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy etish hamda oziq-ovqat mahsulotlari isrofini kamaytirish bo‘yicha qonunda belgilangan vazifalar yuzasidan aholiga batafsil ma’lumot berildi.

➡️O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish holati hamda mahsulotlar sifati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi faoliyatda inobatga olinishi qayd etildi.

✅Uchrashuv yakunida deputat aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 2