Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta’minlash – doimiy e’tiborda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari ishtirokida sessiyalarni o'tkazish va sessiya ma'lumotlarini yig'ish bo'yicha suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat O‘. Shukurov savdo markazidagi narx-navolarni o‘rgandi
янв.21
Senat tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etildi.
янв.21
Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Oshiq ota ziyoratgohida hashar tashkil etildi
янв.21
MIRZATO‘P MFYDA ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILDI
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G. Risqulova, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Rajabov hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov tumandagi Tibbiyot birlashmasida fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida bemorlarga ajratilgan dori vositalarining mavjudligi, ularni tarqatish tartibi, saqlash sharoitlari hamda aholiga yetkazib berish mexanizmlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud holat yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholining sifatli tibbiy xizmat va bepul dori vositalaridan o‘z vaqtida foydalanishini ta’minlash borasidagi jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5